Joriy yilning 6–7-avgust kunlari Namangan viloyatida yong‘in-qutqaruv amaliy sporti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ochiq chempionatining respublika bosqichi o‘tkazildi. Bellashuvlarda O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi faxirli 2 o'rinni egallashdi.
"Dolzarb-60 kunlik" yong‘in xavfsizlig tadbirlari doirasida O'zHQ va otryadlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish va xodimlarning bu boradagi bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik M. Ostonov rahbarligidagi mutaxassislar O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi bazasini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan tanishtirildi.
Mehnatga munosib e’tirof: xodimlar uchun “Miraki”ga sayohat tashkil etildi O‘zHQda xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ichki turizmni rivojlantirish hamda ularning mazmunli dam olishini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning dam olishini mazmunli tashkil etish, ularning mehnatga bo‘lgan rag‘batini yanada oshirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashdan iborat.
29 avgust 1968 yilda O'rta osiyo harbiylashtirilgan qismi tashkil etilgan va o'z faoliyatini olib borishi yo'lga qo'yilgan
Ochiq favvoralarni bartaraf etishda maqbul bo'lgan nostandart moslama va uskunalar, maxsus asbob anjomlar
Xizmat ko'rsatuvchi obyektlarda favvora va gaz xavfsizligi masalalari bo'yicha tekshiruvlar o'tkazish, ishchi va muxandis-texnik xodimlarni xavfli obyektlarda avariyalar va noxush hodisalar paydo bo'lishining dastlabki bosqichidagi harakatlarga o'rgatish.